Главная » 2014 » Fevral » 11 » "BEYLNING "YURAGI" KIMGA TEGISHLI ?"
14:54
"BEYLNING "YURAGI" KIMGA TEGISHLI ?"


Assalomu aleykum aziz fanatdoshlar! Bugun sizlarga o'zimning keyingi maqolamni taqdim etmoqchiman va bundan bahtiyorman! Men bu kichik maqolamni Garet Beylga baxshlamoqchiman! Demak, boshladik...
Xabaringiz bor, jamoamizning yana bir "zambarak" futbolchisi Garet Beyl gol urgach, yurak shaklini qo'llari orqali namoyish etib nishonlaydi. Ko'pchilikni bu "yurak" kimga tegishli ekanligi qiziqtiradi. Qiziq, chindan ham Uelslik xavbek kiritgan gollarini kimga bag'ishlaydi? Men ham bu savolga javob izlab ko'rdim va qo'ldan kelgancha siz aziz madridistlarga bu haqida ma'lumot berib o'tishni lozim topdim. Aslida Garet Beylning yuragidan urgan go'zal bu - Emma Riz-Djouns ekan. Beyl barcha urgan gollarini mana shu xurliqoga bag'ishlar ekan. Garet va Emma bolaliklarida "Kardiff" shahrida tanishganlar. Garet va Emma hali nikohdan o'tishmagan. Yaqin kelajakda oila qurishni rejalashtirishgan. Beyl va Emmaning ajoyib juftlik bo'lishlariga shubha yo'q! 2012-yil 21-oktyabr kuni Garet APLning 8-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi. Buning asosiys sababi Londondagi kasalxonalarning birida Emma Garet uchun qiz chaqaloqni dunyoga keltiradi. Qizaloqqa Alba Violet deb ism berishadi. Mana, aziz fanatdoshlar hali uylanishga ulgurmagan Garetning qizi borligidan ham xabardor bo'ldinggiz. Nima bo`lganda ham uning muxlislari sifatida ularga Kelajak hayotlarida “Garet hamda Emmaga” va ularning sevgisining mevasi bo'lmish Alba Violetlarga bahtu saodat, shirin turmushni tilab qolamiz!

Quyidagilar rasmlar siz aziz muxlislar uchun:



Bu <>.



Mana o`sha bo`lajak baxtli oilalardan biri.

P/S: Bu sizlarga yetkazmoqchi bo`lgan bir ma'lumot edi. Bu haqida sizlarga ma'lumot bermoqchi edim. Mana, Beylning "yuragi" kimga tegishli ekanligini bilib oldingiz! Maqolani o'qiganingiz uchun rahmat.
Категория: MAQOLA | Просмотров: 896 | Добавил: OlmosbekXidirov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]